Kuni kecha Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan ilmiy-innovatsion ko‘rgazmada TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi.
Filial jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlar, innovatsion g‘oyalar, ilmiy adabiyotlar keng jamoatchilikka taqdim etildi. Bu orqali filialda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, yosh olimlar salohiyati va amaliy natijalar yana bir bor namoyon bo‘ldi.