Koʻngillarga xursandchilik olib kiradigan ishlardan biri – bu yurt obodligidir. Atrof-muhit ozoda, pokiza bo’lsa kayfiyat ko’tariladi, borliq jonlanadi, ruhiyating ham musaffo bo‘ladi.
Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida TDTU Olmaliq filialida ham obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, binolar atrofi, yo’lak bo’ylari tozalanmoqda, daraxtlar oqlanmoqda, hududda yashil makon doirasida mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda.