Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qaroriga asosan oliy ta’lim tizimida 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Registrator ofisining funksional vazifalariga o‘quv bo‘limi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot bo‘limi, ilmiy bo‘lim, xalqaro aloqalar bo‘limlarining vazifalari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur Registrator ofisida qabul qilinadi.
TDTU Olmaliq filialining Registrator ofisi filial asosiy binosining 107, 108-xonalarida joylashgan.
Registrator ofisning funksional vazifalari haqidagi batafsil ma’lumotni filial rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.