Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OFning 2025-2026 o‘quv yilidagi 1-sonli Kengashi

rasm

Bugun TDTU Olmaliq filialining 2025-2026 o‘quv yilidagi 1-sonli Kengashi bo‘lib o‘tdi.

Kengash avvalida filial ilmiy salohiyati oshishiga hissa qo‘shayotgan Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari Sh.Xakimov va M.Xakimovaga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomlari topshirildi.

Shundan so‘ng kengash kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi. Kengash a’zolari qayta tasdiqlandi. Filial direktori, professor A.Samadov kuni kecha prezident selektorida ko’tarilgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

So’ngra, yangi 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati (me’yoriy hujjatlarning tayyorligi, о‘quv yuklamalarning professor-о‘qituvchilarga taqsimlanganligi, dars jadvalining shakllantirilganligi), Respublika OTTlaridagi tashkiliy tuzilmaga kiritilayotgan o‘zgarishlar, TDTU Olmaliq filialiga kelib tushgan murojaatlar, buyruqlarining ijrosi va turli masalalar ko‘rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Scroll to Top