Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OFning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligi

angren

Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish, muhandislik sohalarida yetuk kadrlar tayyorlashni takomillashtirish ustuvor masaladir.

Mazkur masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida TDTU Olmaliq filiali Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi vakillari yirik konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi Angren quvur zavodida bo’lishdi.

Korxona turli diametrga ega mis quvurlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zamonaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik korxona hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, korxonada ishlab chiqarilgan mis quvurlar xalqaro talablarga javob berishi bilan birga kundalik hayotda, ishlab chiqarishda, qurilish ishlarida, suv quvurlari esa isitish kommunikatsiyalarini o‘tkazishda, iqlim uskunalarini o‘rnatishda keng qo‘llaniladi.

Scroll to Top