Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OFning navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi

sessiya

TDTU Olmaliq filialining bo‘lib o‘tgan navbatdagi Kengashi kun tartibidagi birinchi masala – joriy yil 27 oktyabrda o‘tkaziladigan Parlament va mahalliy Kengashlari saylovida ishtirok etayotgan partiyalarning dasturlari haqida, TDTU OF jamoasining saylovda faol ishtirok etishini ta’minlash xususida B.Djamiev so‘zga chiqdi.

Xorijiy hamkor OTMlar bilan olib borliayotgan o‘quv-ilmiy ishlar, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka, filial huzuridagi akademik litsey faoliyati samaradorligi haqidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, OAKga dotsentlik ilmiy unvonini olishga da’vogarlarni tavsiya etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Kengash raisi A.U.Samadov tomonidan Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi A.Fatxiddinovga Oliy attestatsiya komissiyasining dotsent attestati topshirildi.

Kengash kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlarni qabul qildi.

Scroll to Top