Bugun TDTU Olmaliq filialining navbatdagi kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, Kengash o‘z ishini xushxabarlar bilan boshladi. TDTU Olmaliq filialining jamoa a`zolari PhD Sh.Rayxonovga dotsent ilmiy unvoni attestati, A.Abdullayev va D.Hakimovaga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomi topshirildi. Talaba yoshlar bilan samarali faoliyati uchun tyutorlar N.Rustamova, M.Xaydarova, T.Umarbekov va S.Ashirovga rahbariyat tashakkurnomasi topshirildi.
Shuningdek, OKMK AJ “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti rahbariyatining tashakkurnomasi filial direktori A.Samadovga tantanali ravishda topshirildi. Trestda samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarning ota-onalari – filial jamoasi a`zolari M.Shamayev va G.Boytemirovaga ham korxona rahbariyatining tashakkurnomalari va kitoblari taqdim etildi.