Flat Preloader Icon Loading...

TDTU Olmaliq filiali bepul o‘quv mashg‘ulotlariga taklif qiladi!

elon

Hurmatli yoshlar!

Joriy yil sentyabr oyiga qadar TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha bepul o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda:

* Ingliz tili
* Matematika
* Kimyo
* Fizika
* Axborot texnologiyalari (IT)
* Kasbga tayyorgarlik

Nima uchun aynan biz?

* Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi
* Har bir fan bo‘yicha nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkaziladi
* Kurs ishtirokchilari turli olimpiadalar, xalqaro fan tanlovlari, “Ulug‘bek vorislari” loyihasi hamda innovatsion tanlovlarda ishtirok etish uchun yetarli bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Xorijiy hamkorlik yo‘lida

Filial Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Agar siz kimyo fanini ingliz tilida o‘rganishni va keyinchalik Yaponiyaga ilmiy sayohat qilishni istasangiz — bu kurs sizning kelajagingiz uchun muhim qadam bo‘ladi!

Kurs davomida talabalar zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikmalar va xalqaro loyihalarda ishtirok etish tajribasini orttiradi.

Manzil: TDTU Olmaliq filiali
Murojaat uchun:
+998 97 774 87 70
(R.Mirzaxmedov, Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri)

Ilm — eng katta sarmoyadir. Biz bilan bilim oling va kelajagingizga mustahkam poydevor qo‘ying!

Scroll to Top