Flat Preloader Icon Loading...

TDTU Olmaliq filialining bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining bitiruvchi kurs talabalari diqqatiga!

elon

2024-2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi o’tkaziladi.

Tanlov ikki xil turdagi tadqiqot ishlari o‘rtasida o‘tkaziladi:
1) TDTU OF bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari;
2) TDTU OF magistratura bosqichida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalarining magistrlik dissertatsiyalari.

Tanlovda ishtirok etish uchun tadqiqot mavzusi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha bo’lishi shart:

  • Ijtimoiy himoya siyosati;
  • Kambag‘allikni baholash va qisqartirish;
  • Nogironligi bo’lgan shaxslaming ijtimoiylashuvi;
  • Faol va sog’lom keksayish;
  • Parvarishlash iqtisodiyoti;
  • Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik;
  • Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasi;
  • Migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish;
  • Ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti;
  • Adolatli o‘tish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish.

Ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo’lganlar filial Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Nizom bilan tanishish:
https://telegra.ph/Ijtimoiy-taraqqiyot-uchun-tadqiqot-ishlari-tanlovi-Nizomi-03-17

Scroll to Top