Flat Preloader Icon Loading...

TEATR — MAʼNAVIYAT O‘CHOG‘I

photo 2025 01 06 13 39 58

Teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

Bugungi kun voqeliklarini o‘zida aks ettirgan «O‘zgalar dardi» spektakli ham oila, ota-ona va farzand munosabatlarida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarni tomoshabinlarga ko’rsatib berish orqali ko‘zgu vazifasini bajardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbek milliy akademik drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan ushbu spektakl TDTU Olmaliq filiali professor-o’qituvchilarida ham katta taassurot qoldirdi.

Scroll to Top