“Insoniyatning necha ming yillik taraqqiyot tajribasi shundan dalolat beradiki, jahondagi har bir xalq, har bir mamlakatning rivojlanish darajasi uning nafaqat moddiy va iqtisodiy sohada erishgan yutuqlari, ayni vaqtda madaniy va maʼnaviy yuksalishi bilan ham belgilanadi.”
“Kunduzsiz kechalar”… Bu spektakl tariximizning qora kunlari, xalqimizning millatparvar, maʼrifatparvar farzandi Аbdulhamid Sulaymon oʼgʼli Choʼlponning achchiq taqdiri, qatagʼon yillarining tahlikali damlari haqida soʼzlaydi. Spektaklь namoyishidan koʼzingizga qayta-qayta yosh qalqiydi, koʼnglingiz chuqur hayajonga toʼladi.
Uch kun davomida shahrimiz ahli uchun namoyish etilgan mazkur spektaklь Oʼzbekiston xalq shoiri Usmon Аzim asari Oʼzbekiston va Qoraqalpogʼiston xalq artisti, xalqaro Bobur mukofoti sohibi Muhammadali Аbduqunduzov tomonidan sahnalashtirilgan boʼlib, Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabalari ijro etishdi.
TDTU Olmaliq filiali rahbariyatining taklifi bilan 3 mart kuni “Kunduzsiz kechalar” oliygoh jamoasi va talabalari uchun yana bir bor namoyish etildi. Teatr inson ruhiyatiga taʼsir koʼrsatuvchi, mushohada etishga, anglashga yetaklovchi katta kuchdir va bu kuch mazkur spektaklь namoyishida oʼz isbotini topdi.