Flat Preloader Icon Loading...

Teatrda bir kun

teatrda

🔷2023 yilning 22 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kunini “Teatr kuni” deb e’lon qilish taklifi berilib, xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

🔷Shu munosabat bilan, Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktori, professor A.Samadov boshchiligida filial rahbariyati, professor – o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar birgalikda O‘zbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan «O‘jarlar» spektaklini tomosha qildilar.

🔷Komedik janrda sahnalashtirilgan spektaklda xalqimizning taniqli aktyor va aktrisalarning mohirona chiqishlari filial xodimlariga bir olam kayfiyat va taassurotlar baxsh etdi.

Scroll to Top