Konchilik ishi fakulteti professor-oʻqituvchilari, filiali Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi hamda fakultet vakillari hamkorlikda Olmaliq shahridagi Terakli mahallasida joylashgan 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida bo’lishib, oʻqituvchilar va oʻquvchilar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida professor-oʻqituvchilar yoshlarni oliy taʼlimga qiziqtirish va qamrab olishda hissa qo’shish maqsadida bugungi kunda amalga oshirilayotgan oliy taʼlim islohotlari va ularning natijalari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Shuningdek, TDTU Olmaliq filiali faoliyati haqida ham oʻquvchilarga kerakli maʼlumotlar yetkazildi.