Flat Preloader Icon Loading...

Texnikum bitiruvchilari uchun qabul suhbati

bez imeni 1 2

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom asosida bugun TDTU Olmaliq filialida suhbat jarayonlari tashkil etildi.

Filial direktorining joriy yil 27-iyuldagi buyrug‘iga asosan texnikum bitiruvchilari uchun konchilik ishi, metallurgiya, kimyoviy texnologiya, mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish hamda texnologik mashinalar va jihozlar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bugun talabgorlar uchun suhbat jarayoni o‘tkazildi.

Tashkil etilgan suhbat jarayonida YouTube orqali onlayn kuzatish, ota-onalar uchun alohida kutish xonalarida ovozli translyasiya uzatish hamda videoyozuvlarni uch yil muddat davomida saqlanishini ta’minlash kabi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Scroll to Top