TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya kafedrasi iqtidorli talabalari ishtirokida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til bilgan – el bilar” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda TDTU Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori, professor Alisher Samadov so‘zga chiqib, ona tilimizning mavqeini oshirish, bor boyligini asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazish xususida gapirdi.
Tadbirda talabalar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi sheʼrlar, mumtoz adabiyot namunalaridan kuy-qoʻshiq va raqs, badiiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Talabalarning chiqishlari barchaga manzur boʻldi.