O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan filialda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar kafedrasi dotsenti Zamira Mirzakarimova va dotsent v.v.b. Mavluda Qosimova tomonidan “Til ko‘ngil xazinasining qulfi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida iqtidorli talabalarning badiiy chiqishlari va sahna ko‘rinishi tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
Shuningdek, Energetika va mashinasozlik fakultetida ham «Qadring baland bo’lsin, ona tilim» mavzusida tadbiri tashkil etildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar va Ohangaron shahar hokimiligi vakillari ishtirok etishdi. Iqtidorli talabalar tomonidan ona tilimizning go‘zalligi, uning boyligi va qadrini qadrlash zarurligi haqidagi fikrlar she’riy chiqishlar hamda sahna ko’rinishlari orqali ifoda qilindi.