Flat Preloader Icon Loading...

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari diqqatiga!

bez imeni 1 1

O‘qishni ichki turdosh ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish va boshqa ta’lim shakliga o‘tkazish istagini bildirgan Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari hujjatlarini rasmiylashtirish uchun 2024-yil 15 iyuldan  5-avgustga qadar  ariza.tdtuof.uz (https://ariza.tdtuof.uz/) havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, quyidagi hujjatlarni topshirishlari mumkinligini bildiramiz:

– o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza;
– talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
– pasport nusxasi;

O’qishni tiklash uchun talabalar filial bosh binosida joylashgan O’quv-uslubiy bo’limiga uchrashishlari lozim. Ariza blankasi ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi.

Scroll to Top