Toshkent viloyati Nurafshon shahri markaziy o‘yingohida «Yoshlar kuni» munosabati bilan katta gala-konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirda mashhur estrada yulduzlari: Shohruxxon, «Bojalar» guruhi, taniqli kulgu jamoalari ishtirok etdi.
«Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!» shiori ostida o‘tkazilgan bayram oqshomida Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan minglab yoshlar qatnashdi. Ular qatorida TDTU Olmaliq filiali talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi.
Yoshlar bilan ishlash borasida faollik ko‘rsatgan, yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda alohida namuna boʻlgan rahbarlar, o‘z navbatida, har tomonlama ilg‘or, faol yoshlar Toshkent viloyati hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.