Kuni kecha Konchilik ishi fakulteti Talabalar turar joyida hashari tashkil etildi. Hasharda TTJBTIM bo’limi hamda talabalar ishtirok etishdi. Hasharda ishtirokchilar uyushqoqlik bilan mehnat qilishdi. Talabalar orasida jamoaviy birdamlik, fidoyilik va ijtimoiy mas’uliyat hissini yanada oshirishga xizmat qildi.
Bu kabi xayrli ishlar Talabalar turar joyida muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan bo’lib, bu orqali talabalarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish va ularni ezgu amallarga undash ko’zda tutilgan.