Bugun TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Nuroniy jamg‘armasi Olmaliq shahar bo‘limi a’zolari O‘zbekiston Qahramoni Saydali Raxmonov, bo‘lim raisi Muhiddin Abdullayev, mehnat faxriylari Burxon ota Qosimov, Sadir ota Joniqulov ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va natijalar, ta’lim va mehnatning ahamiyati haqida so‘z bordi.
O‘zaro suhbatda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani ta’kidlandi.