Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi bilan hamkorlik doirasida universitetning “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi filliali tarkibida “O’zbekiston Respublikasi mashinasozlik va metallarga ishlov berish, quvur ishlab chiqarish sanoatida muhandis kadrlarni tayyorlash maqsadida dual ta’lim dasturi asosida “Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallarga ishlov berish)”, “Payvandlash texnologiyasi va jihozlari” ta’lim yo’nalishi va “Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari” magistratura mutahassisliklari uchun ilmiy-amaliy seminar o’tkazildi.
Seminarda “O’zmaxsusmontajqurilish” AJ boshqaruv raisi A.X.Shodiyev Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori akademik texnika fanlari doktori professor S.M.Turabdjanov, V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi direktori V.D.Sutsepina, Mexanika muhandisligi fakulteti dekani t.f.d., prof. J.E.Safarov, Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi mudiri t.f.d., professor N.S.Dunyashin, “PO’LAT-QUVURSERVIS” AJ, Namangan muhandislik qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq va Qo’qon filliallari vakillari va kafedra professor o’qituvchilari hamda bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdilar.
V.L.Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi bugungi kunda Respublika sanoat sohasida ilg’or korxonalardan biri sanaladi. Tadbir doirasida yig’ilganlar zavodning payvandlash, metallarga bosim bilan ishlov berish hamda metallurgiya sexlarida olib borilayotgan ish faoliyati va dual ta’lim tashkil etilganligi bilan tanishdilar.