TDTU Olmaliq filiali direktori, professor Samadov Alisher Usmanovichga O‘zbekiston Respublikasi Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasining AKADEMIK ilmiy unvoni topshirildi.
Ilm-fan yo‘lida siz yaratayotgan ilmiy maktab bardavom bo‘lsin, deya hurmat bilan TDTU Olmaliq filiali jamoasi.
O‘zbekiston Respublikasi Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi 2012 yilda tashkil etilgan nodavlat-notijorat tashkilot bo‘lib, hozirgi kunda 24 ta davlat vakillari a’zolikka ega. Turon fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy unvon va darajalar ilm-fan, adabiyot, san’at va sport, noshirlik sohalarida maktab yaratgan fuqarolarga hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan elchi, konsul va rasmiy maslahatchilarga, shuningdek Qadimiy Turon hududida nasl-nasabi asli turkistonlik bo‘lib, xorijiy mamlakatlarda tug‘ilib o‘sgan, tarixiy Vatanlari bilan yaqindan aloqada bo‘lgan, uning xalqaro nufuziga xizmat qilayotgan vatandoshlarga beriladi.