TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbir filialning «Qalqon» jamoasi chiqishlari bilan boshlandi. Harbiy chiqishlar va konsert dasturi namoyishi oldidan so‘zga chiqqanlar Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yig‘ilganlarni tabriklashdi.
Tadbir davomida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilarining chiqishlari namoyish etildi. Iqtidorli talabalarning musiqiy dasturlari tadbirga alohida shukuh baxsh etdi.