Bugun Energetika va mashinasozlik fakultetida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan «Vatan himoyasi-muqaddas burch» deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ohangaron shahar ma’naviyat bo‘limi, Oxangaron shahar harbiy faxriylar kengashi a’zolari, 99677 sonli Ohangaron shahar harbiy qism vakillari, maхsus harbiy maktab kursantlari mehmon sifatida qatnashishdi.
Milliy armiyamiz tashkil topgan kun nafaqat harbiy xizmatchilar, balki Qurolli Kuchlar safida muqaddas burchini o‘tab qaytgan va xizmatga borishga taraddud ko‘rayotgaan ming-minglab jasur, mard, yurtga sadoqatli farzandlarimiz, urush va mehnat faxriylarining, tinchlikni qadrlovchi butun xalqimizning aziz bayramidir.