Maqsad: yurtimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, talabalarning aktyorlik, montajyorlik, rejissyorlik va ijodkorlik mahoratlarini qo‘llab-quvvatlash.
Tanlov shartlari:
Tanlangan mavzu quyidagi yoʻnalishlardan birida boʻlishi talab etiladi:
– milliylikni targʻib qilish, ularni milliy merosimiz va qadimiy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan boʻlishi;
– yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini oshirishga qaratilgan boʻlishi;
– Oʻzbekistonning tarixi va bugungi kuni, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida boʻlishi kerak.
Videorolik davomiyligi: 30 soniyadan 1 daqiqagacha (MPEG-4 formatda);
videorolik tasvirida 70-80 foizgacha jamoa (yoki yakka tartibda) aʼzolarining aks (koʻrinishi) etishi shart.
Videoda g‘oya, mavzu va voqealar mazmuni to‘liq ochib berilishi kerak.
Musiqa foni, video effektlar, kreativlik va aktyorlik mahorati ham hisobga olinadi.
Baholash mezonlari:
Mavzuga moslik va dolzarblik;
Videorolikning mazmuni va tugallanganligi;
Kreativlik va uslubiy jihatlar;
Aktyorlik va suxandonlik mahorati;
Tanlov muddati: Aprel oyi davomida
G‘oliblarga diplom va estalik sovg’alari topshiriladi.
Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun video yarating va uni fakultet dekan o’rinbosarlari va tyutorlarning telegram raqamlariga yuboring.
Eng yaxshi videolavhalar TDTU OFning rasmiy telegram kanalida e’lon qilinadi.