Flat Preloader Icon Loading...

Vazir Olmaliq shahridagi muhandislik maktabida bo‘ldi

vazir

13-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Olmaliq shahridagi muhandislik maktabida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Muhandislik maktabining oliy ta’lim bilan hamkorlikdagi faoliyati, kimyo laboratoriyasida TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga bag‘ishlangan o‘quv dasturlari hamda muhandislik maktabining B blogida joylashgan gorizontal tokar dastgohi, Soldamatic payvandlash trenajyori, universal frezalash dastgohi, yarimavtomatik, vertikal, dinamik ramali va lentali kesuv dastgohlari kabi turli uskunalar bilan tanishdi.

Shuningdek, muhandislik maktabidagi ilg‘or ta’lim metodikalari, o‘quvchilarni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash ishlari ham diqqat markazida bo‘ldi. O‘quv jarayonida talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Vazir TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari bilan suhbatlashib, ularning olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari va ushbu ishlarning ishlab chiqarish jarayoniga qo‘shadigan samaradorligi haqida fikrlarini tingladi. Muhandislik maktabidagi innovatsion loyihalar va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Scroll to Top