Xabar berganimizdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi xodimlari va respublikaning bir qancha oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlaridan iborat delegatsiya Xitoy xalq respublikasining Pekin shahrida Chinese Bridge loyihasi doirasida bo’lib turishibti.
Ushbu delegatsiya Pekin хalqaro Xitoy kollejiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida muassasaning Chinese Bridge loyihasi a’zolariga kollej faoliyati, ushbu ta’lim muassasalarining xitoy tili va madaniyatini rivojlanishidagi o’rni, xitoy tilining dunyoga yoyilishida bajarayotgan ihlari haqida ma`lumot berildi.
Tashrif davomida Toshkent davlat teхnika universiteti Olmaliq filiali hamda Pekin хalqaro Xitoy kolleji bilan kelgusida tegishli sohalar kesimida hamkorlik qilish bo’yicha memorandum imzolandi.