TDTU Olmaliq filialiga Xitoy Xalq Respublikasi Uxang texnologiyalar universiteti Resurslar va atrof-muhit muhandisligi instituti Prezidenti Shenxu Bao va professor Siyuan Yang tashrif buyurdi. Xorijiy mutaxassislar filialning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqish bildirib, mavjud laboratoriya jihozlari bilan tanishdilar. Tomonlar kelgusida ilmiy-innovatsion dastur doirasida filialining ilmiy faoliyati sohasida hamkorlikda ish olib borishga kelishdilar.Tashrif yakunida tomonlar o`zaro hamkorlik memorandumi imzoladilar.
Ma’lumot o‘rnida.
Uxang texnologiyalar universiteti mamlakatning asosiy milliy universiteti bo‘lib, 120 yillik tarixga ega. Bugungi kunda u yerda 37000 dan ortiq bakalavr talabalari, 23000 dan ortiq doktorantlar va aspirantlar, 900 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil olishadi.
Ta’lim dargohi AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Rossiya, Gollandiya kabi mamlakatlar, shuningdek turli mintaqalardagi 190 dan ortiq universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqal o‘rnatgan. Ilmiy-texnik qobiliyatli iste’dodlarni tayyorlash, akademik almashinuvlar va tadqiqotlar borasida katta tajribaga ega universitet 200 dan ortiq taniqli xorijiy olimlarni hamkorlik uchun jalb etgan.