Bugun Xitoy Xalq Respublikasi Uxan fan va texnologiya universiteti, Qozog‘iston Respublikasi K.Turisova nomidagi gealogiya va neft-gaz ishi instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi O.A.Baykanurov nomidagi kon-metallurgiya instituti vakillari TDTU Olmaliq filialiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar filialning Konchilik ishi hamda Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetidagi o‘quv jarayonlari, laboratoriyalar hamda Konchilik ishi fakultetidagi muzey bilan yaqindan tanishdilar.
Filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv seminari avvalida filial direktori, professor A.Samadov mehmonlarni tashrifi uchun minnatdorlik bildirib, oliy ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Uxan fan va texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari Ma Guojun va Li Yawei o‘zlari faoliyat yuritadigan universitet, u yerdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, hamkorlik aloqalari hamda metallurgiya sohasiga oid ma’lumotlarni berishdi.
Qozog‘iston Respublikasi oldiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ham o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha qisqacha gapirib, filial bilan ayni kunda hamkorlikda ish olib borishyotgani va bu faoliyatni kengaytirgan holda aynan yo‘nalishi to‘g‘ri keladigan sohalar bo‘yicha munosabatlarni kengaytirib, o‘zaro tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirib o‘tishdi. O‘zaro muhokamalardan so‘ng ikki tomon hamkorlik aloqalarini yangi darajaga ko‘tarishga kelishdilar. Uchrashuv so‘ngida xorijiy mehmonlarga filialning estalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.