#jahon_tajribasi
🔷TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi kafedrasi tashabbusi bilan Koreya sanoat texnologiyalari instituti hamda ODA dasturining O‘zbekistondagi vakili, Koreya Nodir metallar instituti (KIRAM), Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) asosiy tadqiqotchisi Co;Cr;Fe;Ni;Ti sirt fazasi boshqariladigan yuqori entropiya qotishma kukuni bo‘yicha mutaxassis, yalpi spiker, 130 dan ortiq ilmiy ishlanmalar muallifi, Koreya sanoat texnologiyalari instituti tadqiqotlar bo‘yicha direktori professor, muhandislik fanlari doktori Kim Bum Song filialga keldi.
🔷Filial faoliyati bilan tanishish birga xorijlik professor professor-o‘qituvchilarga va Konchilik ishi yo’nalishi talabalariga «Jahonda litiy elementi zahirasi, ishlab chiqarish, qayta ishlash va unga bo‘lgan talab» mavzusida ma’ruza o‘qidi. Xorijlik ekspert bilan uchrashuvda OKMK AJ bosh muhandisining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari A.Xasanov ham ishtirok etdi.
🔷Uchrashuv davomida zamonaviy metallurgiya sanoati masalalari yuzasidan professor-o‘qituvchilar va talabalarning savollariga professor Kim Bum Song batafsil javob berdi.