Flat Preloader Icon Loading...

Xorijlik professor filialda

ozo

TDTU Olmaliq filiali bugungi kunda 7 ta xorijiy davlatdagi 17 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda. O‘zaro hamkorlik shartnomalarida professor-o‘qituvchilarning akademik mobillik xususida ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tashabbusi bilan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori Turebekova Gauxar Zaxievna filialga keldi. Professor 200 dan ortiq ilmiy maqolalar (ulardan 12 tasi Skopus bazasida), 12 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalari, 15 ta patent va 4 ta ilmiy grant loyihalar muallifi, Qozog‘iston Respublikasi umumiy-majburiy ta’lim davlat standartlari hammuallifi hisoblanadi.

G.Turebekova kimyoviy texnologiya muhandisi sifatida boy tajriba, chuqur bilimga ega mutaxassisdir. Filialga tashrifi davomida mazkur yo‘nalish bo‘yicha kafedra tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi, professor-o‘qituvchilar bilan fikr almashdi. Shuningdek talabalarga “Yashil kimyo” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Scroll to Top