Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi.
Biz azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibotiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor.
9-mayni Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Oramizda sanoqli urush qatnashchilari, front ortida mehnat mashaqqatini chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetishimiz kerak.
Bugun TDTU Olmaliq filiali vakillari shahrimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi MFY da yashovchi 97 yoshni qarshilayotgan Abdumalik ota Alimov xonadonida bo‘lishdi. Otaxonga sog‘liq-salomatlik tilab, ularning duolarini olishdi.