Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida Energetika va mashinasozlik fakultetida Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 33 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida vatanpatvarlik ruhida, yuqori saviyada tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda TDTU Olmaliq filialining iqtidorli talabalari, Nurafshon shahar 13 va 57- sonli umumta’lim maktablarining harbiylashtirilgan sinf o’quvchilari vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Ko’rgazma materiallar, harbiy texnika va kinologlar namoyishi katta qiziqish bilan talaba-yoshlarni diqqat markazida bo’lishdi.