🔷Bugun TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida davlatimiz ramzi bosh Qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan “Yаngi O‘zbekiston – yangi Konstitutsiya” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔷Joriy yil 30 aprelda umumxalq referendumida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning yangi tahriri 1 maydan kuchga kirdi. Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob 155 moddadan iborat bo‘lib, mazmun-mohiyati jihatidan xalqimizning farovon hayoti va barqaror taraqqiyoti kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
🔷Tadbir davomida talabalarning huquqiy-siyosiy tafakkurini oshirishga qaratilgan ko‘plab ma’lumotlar berildi.