Yangi 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Shu munosabat bilan yurtimizdagi barcha oliy talim muassasalarida tayyorgarlik ishlari qizg
in olib borilmoqda.
Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida 1678 o’ringa mo’ljallangan o’quv binosi to’liq ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.
Fakultet binosining ta`mirdan so‘ng ochilish marosimida TDTU o’quv ishlari bo’yicha prorektori O.Zaripov, Ohangaron shahar hokimi M.Rajabboyev, Ohangaron shahar nuroniylari, filial rahbariyati va professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.
Tashrif buyurgan mehmonlar fakultetning axborot-resurs markazi, o’quv va tajriba xonalari bilan yaqindan tanishishdi.