Siz Yaponiya ta’limiga qiziqasizmi? Dunyoning TOP-300 taligiga kirgan Kyushu universiteti haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istaysizmi?
Unda sizni 2025-yil 19-sentabr kuni TDTU Olmaliq filialida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga taklif etamiz! Uchrashuv mehmoni — Kyushu Universiteti (QS World University Rankings 2026 reytingida 170-o‘rin) professori, h-indeksi 16 bo‘lgan olim, doktor Kohei Torikai
Ushbu seminar-treningda siz quyidagilar haqida batafsil ma’lumot olasiz:
Yaponiyada ta’lim olish imkoniyatlari
Xalqaro grantlar va ularga talablar
2+2 va 1+1 ta’lim dasturlari
Yaponiyada o‘qishni istagan talabalar uchun zarur sharoit va qo‘yilgan talablar
Davomiyligi: 1 soat
Joyi: TDTU Olmaliq filiali bosh bino faollar zali
Yaponiyada ta’lim olishni rejalashtirayotgan barcha yoshlar uchun bu uchrashuv eng yaxshi imkoniyat!
Eslatma: Kyushu universiteti professori Kohei Torikai TDTU Olmaliq filiali Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan filial talabalariga dars berib kelmoqda.
Murojaat uchun: R.Mirzaaxmedov +99897 774 8770