Olmaliq davlat texnika instituti Energetika va mashinasozlik fakultetida Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi tomonidan ta’lim muassasalarida “Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida o’quv amaliy mashg’uloti o’tkazildi. O’tkazilgan targ’ibot tadbiri talaba yoshlarda ham katta qiziqish uyg’otdi.
Tadbir davomida yongʼin oʼchirish avtomobillari, qutqaruv va boshqa maxsus texnikalar jalb qilinib, yong’in xavfsizligini ta’minlash va oldini olish hamda birlamchi yongʼin oʼchirish vositalaridan foydalanish bo’yicha amaliy tushunchalar berildi.