TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida IIV Akademiyasi magistratura tinglovchilari bilan hamkorlikda “Yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu tadbirda IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik А.Aripov, Toshkent viloyati IIBB TQX kiberxavfsizlik bo’limi yetakchi mutaxassisi, mayor A.Raimov va katta mutaxassis, katta leytenant M.Saydullayev, Toshkent viloyati Olmaliq shahar IIB TQX JQB tezkor vakili, katta leytenant I.Tolibov va leytenant I.Erkinovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yoshlar orasida keng tarqalgan sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar haqida to‘xtalib, barchani ogohlikka chorlashdi va talaba-yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak an’analarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish muhim ekanligini qayd etishdi.