“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.
Bu jarayonda Toshkent viloyati yoshlari nomidan ishtirok etgan TDTU Olmaliq filiali talabalari o‘zlarining ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi hamda izlanuvchanlik, jamoaviy hamjihatlik va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishni ham namoyon etishdi.
Muhandislik missiyasi doirasida robotlar yasash bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatgan O‘zbekiston yoshlari qatorida TDTU Olmaliq filiali talabalari ham maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.
Olmaliq davlat texnika instituti Konchilik ishi fakultetining 2-, 3-, 4-bosqich talabalari bilan uchrashuvda ODTI rektori v.v.b. texnika fanlari doktori U.Xalikulov ta’lim jarayonlari, fakultet va talabalar…
Olmaliq davlat texnika institutining faol va iqtidorli talabalar uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohatning asosiy maqsadi — talabalarning bilim va tajribalarini oshirish, yurtimizning tarixiy-madaniy merosi…