🔷TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida «Kim yurtga sodiq bo’lsa, mendurman o’sha» shiori ostida «Yurt tinchligi – farovon hayotimiz poydevori» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
🔷Ushbu davra suhbati mehmonlari afg‘on urushi qatnashchilari, zahiradagi ofitserlar – mayor Solijon Mirzahmedov, kapitan Anvar Mirzayev hamda Konchilik ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi Murot Shamayev o’zlarining bosib o’tgan hayot yo’li va tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.
🔷Tadbir davomida yurtimizdagi tinch va osuda hayotni qadriga yetish har fuqaroning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlanib, dunyoda bo’layotgan notinch vaziyatlardan ogoh bo’lishga chaqirildi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar orqali javob berildi. Ishtirokchilar o’zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo’lishdi.