Flat Preloader Icon Loading...

«Ziyolilar Top – 100» – munosiblar taqdirlandi!

2025-yil 5-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Ziyolilar.talaba” loyihasining tantanali taqdirlash marosimida mamlakatimizning eng iqtidorli va faol 100 nafar talabasi e’tirof etildi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli loyihada Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti Metallurgiya yo’nalishi magistranti Kamolova Iroda Mamasaid qizi “Ziyolilar Top—100” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!

Eslatma: magistrantning ilmiy rahbari – TDTU Olmaliq filial direktori, professor A.Samadov.

4000+ ariza ichidan saralangan 100 nafar iqtidorli talaba – ilm, san’at, sport va jamoatchilikdagi yutuqlari bilan boshqalarga namuna!

Ilmga, tashabbusga, yangilikka intilayotgan yoshlarga omad tilaymiz!

Scroll to Top