Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan oliy taʼlim muassasalariga biriktirilgan texnikumlar rahbarlari bilan birga kengaytirilgan ZOOM konferensiya tashkil etildi. Unda 3 sentyabr kuni texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanishi tadbirlarini tantanali o‘tkazish, OTM vakillarining texnikumlarga tashrifi, oliygoh rahbarlarining o‘quvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Oliygohlar va texnikumlarning uzviy hamkorligini yanada kuchaytirishga ham eʼtibor qaratildi. Masʼullarga zarur ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
ZOOM konferensiyada TDTU Olmaliq filialining masʼul rahbarlari, texnikumlar bilan hamkorlik qiluvchi kafedra mudirlari ishtirok etishdi.