Flat Preloader Icon Loading...

Konchilik ishi kafedrasi

Xasanov Adham Amankulovich

Xasanov Adxam Amankulovich

Lavozimi : Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +998-99-995-01-83 

TDTUOF logo1

Kafedra tarixi:

“Konchilik ishi” kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2008 yil 9-iyuldagi № 1/150 sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. 2008 yil kafedraga dots. A.S.Xasanov rahbar qilib tayinlandi.  Kafedraga akademik X.A.Akbarov, Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, t.f.d.professor B.R.Raimjonov, professor B.Sh.Shakarovlar taklif etildi. Shtat bo‘yicha kafedrada prof. Xasanov A.S., dotsent Yu.P.Isamatov, dotsent M.A.Mutalova, katta o‘qituvchi M.Q.Shamayev, assistent O.A.Xasanovlar faoliyat ko‘rsatib kelishdi. Dastlab kafedrada to‘liq shtatda 5 ta va o‘rindosh soatbay o‘qituvchilar soni – 4tani tashkil etdi. 2017-yildan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Hozirda kafedrada to‘liq shtatda 23 ta professor- o‘qituvchilar ishlamoqda.

              2009-2010 o‘quv yilidan kafedrada yangi yo‘nalish – “Kasb ta’limi” (Konchilik ishi), 2017-2018 o‘quv yilidan “Kon Elektrmexanikasi” 2019-2020 o‘quv yilidan “Foydali qazilma konlarini qazish” magistratura yo‘nalishi ochildi. 2019-2020 o‘quv yilidan  kafedrada “Konchilik ishi” “Kon elektr mexanikasi” va “Kasb ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, “Foydali qazilma konlarini qazish” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

            2009-2012 yillarda  katta o‘qituvchi M.Q.Shamayev kafedra mudiri bo‘lb ishladi. 2012-2015 yillarda esa kafedrani texnika fanlari doktori, professor Xasanov A.S. boshqarib keldi.

2015 yildan 2016 yilgacha dotsent Mutalova M.A. vaqtincha kafedra mudiri, bo‘lib ishladi.

2016 yildan 2019 yilgacha professor Shakarov B. kafedra mudiri   sifatida faoliyat olib bordi.

2019 yildan 2023 yilgacha “Konchilik ishi” kafedrasini katta o‘qituvchi Shamayev M.Q boshqarib keldi.

            2023 18-maydan hozirgi kunga qadar “Konchilik ishi” kafedrasini t.f.b.f.d (PhD) Xasanov A.A boshqarib kelmoqda.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

            Kafedrada har yili professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy ishlar muntazam chоp etiladi. Kafedra tashkil tоpgandan buyon  iхtirо uchun patent va mualliflik guvоhnоmalari оlingan. So‘nggi yillarda iхtirоlarga patent оlingan, ilmiy tadqiqоt ishlaridan оlingan natijalar ishlab chiqarishga tadbiq qilingan. .Bugungi kunda kafedra katta o‘qituvchilalar tomonidan “Ko‘mir konini kompleks usulda qazib olish sharoitida sodir bo‘ladigan xavfli geomexanik va geodinamik jarayonlar ta’sirini prognozlash va ko‘mir razrez bortlarining ustuvorligini baholash, 3D-modelini yaratish” mаvzusidаgi innоvаtsiya lоyihasi amalga oshrildi. Kafedrada  o‘qituvchilardan katta o‘qituvchi Shamayev M.Q, katta o‘qituvchi Melnikova T.Y, katta o‘qituvchi Alimov Sh.M lar tomonidan mustaqil izlanuvchi sifatida  ilmiy izlanishlar olib borilmoqda hamda assistent Suyarov J.U tayanch doktarant sifatida ilmiy izlanish olib bormoqda.

O‘quv qo‘llanma:

 Kafedrada bakalavriatning 3 ta ta’lim yo‘nalishi va magistraturaning 1 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi fanlardan ma’ruza, seminar, amaliy va labоratоriya mashg‘ulоtlari оlib bоriladi: “Ochiq konchilik ishi”, “Yer osti konchilik ishi”, “Foydali qazilmalarni boyitish”. «Konchilik ishi» Kafedra a’zolari barcha mavjud imkoniyatlarni talabalarni 4 yil davomida  ochiq kon ishilari, yer osti konchlik ishlari, foydali qazilmalarni boyitish  fanlaridan bilim saviyasi va sifatini, hamda qobiliyatini o‘stiruvchi o‘quv jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirdilar. Kafedra prоfessоr-o‘qituvchilari tоmоnidan 2  darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 3 mоnоgrafiya va uslubiy qo‘llanmalar chоp etilgan.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan:

            1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31-maydagi 237-549 -sonli buyrug‘iga asosan  B.Shakarov, U.T.Toshtemirov  tomonidan “KON LAHIMLARINI O‘TISH TEXNOLOGIYASI’’ fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlangan va nashr etilgan.                   

            2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31-maydagi 237-549 -sonli buyrug‘iga asosan B.Shakarov, G‘.X.Bakirov tomonidan “FOYDALI QAZILMA KONLARINI YER OSTI USULIDA QAZIB OLISH TEXNOLOGIYASI’’ fanidano‘quv qo‘llanma tayyorlangan va nashr etilgan.

            3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligining 2023-yil 12-iyuldagi buyrug‘iga asosan “GEOLOGIYA VA GIDROGEOLOGIYA” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlangan.

            4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 29-iyundagi 10-sonli buyrug‘iga asosan M.A.Mutalova tomonidan “FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH” fanidano‘quv qo‘llanma tayyorlangan va nashr etilgan.

            5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 29-iyundagi 10-sonli buyrug‘iga asosan M.A.Mutalova tomonidan ТЕХНОЛОГИЯ ОБОГАЩЕНИЯ НЕРУДНЫХ ПОЛЕЗНЫХ ИСКОПАЕМЫХfanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlangan va nashr etilgan.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik ishlab chiqilgan:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va inovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘iga asosan A.N.Shodiyev, S.Z.Namozov, Sh.N.Turabov, A.A.Xasanovlar tamonidan “NOYOB METALLAR METALLURGIYASI” nomli darslik tayyorlangan.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi monografiyalar ishlab chiqilgan:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 11-noyabr 10-sonli buyrug‘iga asosan S.Abdurahmonov, M.A.Mutalova, G.K.Salijanovalar tamonidan “Разработка и усовершенствование технологии разделения свинцово-медного концентрата” nomli monografiya tayyorlangan
  2. Y.P.Isomatov, G.A.Mavlyanovlar tamonidan “Инженерно-геологические условия Каршинской степи” nomli monografiya tayyorlangan. Изд-во “Фан” Ташкент 1974 г.
  3. У.Т.Тоштемиров namonidan “Повышение эффективности буровзрывных работ при проведении подземных горизонталных горных выработок” nomli Monografiya tayyorlangan. ToshdTU OF №5 10.02.2023y.

Bakalavriat va magistratura yo‘nalishining umumiy tasnifi:

            Yo‘nalish 60721500–“Konchilik ishi” (faoliyat  turlari bo‘yicha), 70721501- Magistratura “Foydali qazilma konlarini qazish” O‘zbekiston uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.

Ta’limning kunduzgi o‘qish shaklida muddati – 4 yil.

Sirtqi ta’lim-5 yil.

Kechki ta’lim-4,5 yil.

Magistratura-2 yil.

Akademik daraja – “Bakalavr” va “Magistr”.

Scroll to Top