Flat Preloader Icon Loading...

2023 – 24 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari TDTU Olmaliq filialida qanday tashkil etilgan?

photo 2023 07 05 16 45 31

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida filial direktori A.Samadov, filial qabul komissiyasi raisi O.Abdiyev, mas’ul kotib V.Jo‘rayev, shuningdek filialning qabul komissiyasi tarkibidagi bir qator mas’ul xodimlar hamda OAV xodimlari (OKMK televideniyasi, shahar gazetalari «Olmaliq hayoti» hamda «Алмалыкcкий рабочий», » Ulug‘ yo‘l» gazetalari muxbirlari) ishtirok etishdi.
Anjumanda mas’ullar tomonidan filialda 2023/2024 o‘quv yili qabulini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan qabul komissiyasi faoliyati, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari, yangi o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida davlat granti o‘rinlari soni, abituriyentlar va ularning ota – onalari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va ulardan kimlar foydalana olishi, shuningdek filialda yangi ochilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialiga 2023/2024 o‘quv yilidagi qabul parametrlari 1723 nafarni tashkil etib, shundan kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 3ta fakultetning jami 8ta ta’lim yo‘nalishlariga 600 nafar, shundan 130 nafar grant, 470 nafar to‘lov-kontrakt asosida, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartnoma asosida 8ta ta’lim yo‘nalishlariga 900 nafar, kechki ta’lim shakliga 175 nafar nafar hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosida 48 nafar abituriyentlarni qabul qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, TDTU Olmaliq filialida 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgani hamda qo‘shimcha ma’lumotlar maslahat markazi hamda “Call-center”ga o‘zbek tili, rus tili hamda ingliz tillarida ham murojaat qilishlari mumkinligi aytib o’tildi.

Filialda qabul jarayonlari davom etmoqda.

Scroll to Top