Flat Preloader Icon Loading...

355 nafar bakalavr hamda 17 nafar magistr bitiruvchilariga diplom topshirildi

⚡️Kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 2022-2023 o‘quv yilining bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistr mutaxassisligi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Ushbu marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Qudratjon Yusupov, TDTU rektori Sadriddin Turabdjanov, shahar hokimi o‘rinbosari Sohib Ahmedov hamda TDTU OF direktori Alisher Samadov ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.

📌Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2022-2023 o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishini 355 nafar hamda magistr mutaxassisligini 17 nafar talaba tamomladi. Shuningdek, TDTU Olmaliq filialini imtiyozli diplom bilan tugallagan Behzod Abdurafiqov hamda Elbek Gʻaniyevlarning ota-onalariga ham shunday zakiy farzandlarni tarbiyalaganliklari uchun filial rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.

Scroll to Top