Flat Preloader Icon Loading...

Xodimlar bo‘limi

Tojiboyeva Etibor

TOJIBOEVA EʼTIBOR NODIROVNA

Lavozimi : Xodimlar bo‘limi boshlig‘i
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99894 407 01 72

TDTUOF logo1

Bo‘lim to‘g‘risida umumiy ma’lumot

– Kadrlar bo‘limi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining mustakil tarkibiy qismi xisoblanadi;

– Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni”ga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va filial Nizomiga hamda Mexnat Qonunchiligi me’yoriy huquqiy hujjatlariga, filial direktori buyruqlariga, ko‘rsatmalariga, yo‘riqnomalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi;

– Kadrlar bo‘limi filial va bo‘lim nomi yozilgan yumalok muhrga ega;

Yumaloq muxr kadrlar bo‘limi boshlig‘i yoki boshliq tomonidan mas’ul etib tayinlangan xodim ixtiyorida bo‘ladi;

– Bo‘lim boshlig‘i “professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xo‘jalik xodimlari bilan ishlash”, “O‘quv-yordamchi xodimlar bilan ishlash”, “Pensiyalarni rasmiylashtirish”, “Bakalavrlar bilan ishlash”, “Devonxona va arxiv”  tuzilmalari faoliyatiga bevosita raxbarlik qiladi;

– Bo‘lim bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari

– Ishga olingan har bir hodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mexnat daftarchalarini xamda faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– Filial professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ma’muriy  xo‘jalik-xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;

– Professor-o‘qituvchi va xodimlarning ko‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;

– Filial professor-o‘qituvchilari hamda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlarini davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko‘maklashish;

– Filial nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;

– Filial xodimlarini vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish;

– Filialning bakalavriyat bosqichlari davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestatsiya komissiyasi qarori asosida filial buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish;

– O‘qishga qabul qilingan talabalarni shaxsiy xujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish,  rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga qadar  saqlash;

– Bitiruvchi talabalarga diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvoxnomalarni o‘rnatilgan tartib-qoidalari, me’yoriy xujjatlar asosida rasmiylashtirish;

– Filial tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom,  diplom ilovalari va guvoxnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, filialning barcha xodimlari, talabalari to‘grisida huquq-targ’ibot organlari so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llaydi;

– Filialning bakalavriyat, magistratura bosqichlari davlat ta’limi standartlari va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvoxnomalar rasmiylashtirilganligi  yuzasidan axborot-taxliliy ma’lumotlar bankini yaratadi.

Kadrlar bo‘limi xodimlarining  vazifalari

– Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining vazifalari:

– Direktor nomenklaturasiga kiradigan administrativ-boshqaruv, muhandis-texnik, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlari tarkibini filial rahbariyati bilan birgalikda  tanlash va mehnat qonunchiligi me’yorlariga asoslangan holda rasmiylashtirish;

– Direktor nomenklaturasiga qarashli filial xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil qilish, shuningdek  yuqori idora nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarni mansablarga tasdiqlash uchun hujjatlarni takdim  etish;

– Filial talabalari va xodimlarining shaxsiy xujjatlarni yuritilishini nazorat qilish;

– Belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida filial xodimlarining statistik hamda shaxsiy hisobini nazorat qilish;

– Mehnat daftarchalarini  yuritilishini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisobini olib borishni nazorat qilish;

– Kadrlar bo‘limi xodimlari va biriktirilgan devonxona va arxiv tuzilmalari ish faoliyatiga bevosita  rahbarlik qilish;

– Shtatlar jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligiga amal qilgan holda yechim qabul qilish;

– Xodimlarning mehnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini filial kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish;

– Filial attestatsion komissiyalarining ishlarida qatnashish;

– Kadrlar zaxirasini tashkil qilishda qatnashish;

– Professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil qilish va bo‘sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan o‘tuvchi professor-o‘qituvchilar ro‘yxatini tayyorlash;

– Tarifikatsion komissiyada qatnashish va ilmiy-pedogogik stajga ko‘ra filial xodimlariga oylik maoshlarini belgilash bo‘yicha buyruq loyihalarini  tayyorlash, shuningdek, kasaba uyushmasi bilan birgalikda  filial xodimlari va ularning oilalariga nafaqalar belgilash uchun xujjatlar tayyorlash, ijtimoiy ta’minot organlariga ularni taqdim etish;  

– Filialda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma  va ma’lumotnomalar berish (berish tartibini va unga mutasaddi shaxsni direktor  belgilaydi).

Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar bilan ishlovchi nazoratchilarning vazifalari

– Filial shaxsiy tarkibining hisobini olib borish;

– Filialga xodimlarni qabul qilinishi, bo‘shashi va boshqa ishga o‘tkazilishini rasmiylashtirish;

– Filial xodimlarining shaxsiy jildlarni belgilangan me’yoriy xujjatlar asosida rasmiylashtirish va yuritilishini nazorat qilish;

– Filial xodimlarining mehnat daftarchalarini to‘ldirish, hisobga olish va saqlash, ularga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish;

– Filial xodimlarining mehnat ta’tili jadvallari hisobini mehnat qonunchiligi asosida tuzish;

– Xodimlarga mehnat faoliyati haqida ma’lumotnomalarni tayyorlash va taqdim etish;

– Shaxsni tasdiklovchi guvoxnomalar, ma’lumotnomalarni taqdim etish va ularni ro‘yxatga olish;

– Statistik hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.

Talabalar bilan ishlovchi nazoratchilarning vazifalari

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va o‘qitilishi bilan bog‘liq bo‘lgan birlamchi hujjatlarni yuritish;

– Belgilangan formalar bo‘yicha statistik hisobotni va filial ichki hisobotini tayyorlash;

– Akademik ma’lumotlarni o‘quv bo‘limi bilan birgalikda  tayyorlash va taqdim etish;

– Qayta tiklash, boshqa oliy o‘quv yurtiga o‘tkazish, mutaxassislikni o‘zgartirish,  sog‘ligi holatiga ko‘ra yoki oilaviy sharoitiga ko‘ra akademik ta’tillarni berish haqida buyruq loyihalarini tayyorlash;

– Boshka filiallarga o‘tkazilgan (rasmiy so‘rovnoma asosida) talabalarning shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va yuborish;

– Yuqori tashkilotlarning rasmiy so‘rovnomalari asosida ma’lumotlar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda taqdim etish.

Scroll to Top