Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi
RAHMONOV O‘KTAM KAMOLOVICH
Lavozimi : Bo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi : Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99890 354 72 04
BO‘LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Bo‘limning asosiy maqsadi – mamlakat ilm-fani taraqqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘yib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc)larni tayyorlash orqali TDTU OFda ilmiy salohiyatni yuksaltirishdan iborat.
Bo‘lim o‘z faoliyati davomida quyidagi vazifalarni bajaradi:
- filial professor-o‘qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini nazorat qilib borish;
- fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar tanlovlarida professor-o‘qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;
- stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni qabul qilish rejasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan buyruq asosida tuzish;
- stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy, innovatsion loyihalar hamda xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo‘nalishlariga mos bo‘lishini ta’minlash;
- stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o‘z vaqtida o‘tishlarini ta’minlash;
- professor-o‘qituvchilar, stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko‘maklashish;
- yosh olimlar uchun ilmiy mavzulari bo‘yicha mo‘ljallangan ixtiro va tuziladigan EHM dasturlariga me’yoriy hujjatlar olishlari uchun sharoitlar yaratish;
- yosh olimlarni ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha chet el yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va xizmat safariga yuborishni tashkil qilish.