Dunyoda mavjud 7 ming tildan davlat tili maqomiga erishgan 200 tilning qatorida o‘zining davlatiga va bayram kuniga ega, qariyib 50 million so‘zlovchisi bo‘lgan millatimiz koʻzgusi bo’lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan yurtimizda ko’plab tadbirlar bo’lib o’tdi.
Xususan, “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida ham O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan 16-21-oktyabr kunlari “TILLAR HAFTALIGI” o‘tkazildi.
16 oktyabr kuni “O‘zbek tilining taraqqiyoti. Til va jamiyat” mavzusida talabalar bilan davra suhbati, 17 oktyabr sanasida “Ingliz tilining bugungi kundagi ahamiyati. Xorijiy tillarni bilish davr talabi”, 18 oktyabrda “Rus tilining rivojlanishi va taraqqiyoti mavzusida” mavzusida seminar-trening va “Rus tilining lug‘at boyligi” mavzusi bo‘yicha talabalar o‘rtasida qiziqarli viktorina tashkil etilishi bilan birgai professor-o’qituvchilar, talabalar orasida “Men savodxonman” va «Go‘zal husnixat” tanlovlari o’tkazildi.
TDTU OFning Energetika va mashinasozlik fakultetida «Til-millatning ko’zgusi», Konchilik ishi fakultetida esa «Ezgu o’yni – ezgu so’zga ko’chirgan tilim» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Haftalik yakunida eng faol bo’lgan professor-o’qituvchilar hamda talabalar rag’batlantirildi.