🔷O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.
🔷Yurt sog‘inchi, vatan qayg‘usi bilan yashagan otashqalb shoir siymosi asrlar osha avlodlar tomonidan yodga olinadi, tarixi o‘rganiladi, g‘azallari kuyga solinib kuylanmoqda.
🔷TDTU Olmaliq filialida “Bobur Mirzo – ma’naviyat jasorat sohibi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Mazmunan boy tadbir davomida Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining ijodkor yoshlari tomonidan qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, g‘azallar ijro etildi, viktorina shartlari bajarildi.
🔷Tadbirga tashrif buyurgan “Dilrabo” ansambli badiiy rahbari Zafarbek Davlatyorov Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallariga bastalangan mumtoz qo‘shiqlarni filial jamoasi va talabalarga tuhfa etdi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining muhim bo‘linmalaridan biri bo’lgan Navoiy mashinasozlik zavodi mutaxassislari TDTU Olmaliq filialida bo’lishib, filialda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, mavjud loyihalar hamda erishilgan yutuqlar…
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida “Muhandislik yo‘nalishlarida Ginnes Rekordlar kitobiga kiruvchi rekord qayd etish” tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Unga…