Flat Preloader Icon Loading...

“Bobur Mirzo – ma’naviy jasorat sohibi”

bobur 13

🔷O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.

🔷Yurt sog‘inchi, vatan qayg‘usi bilan yashagan otashqalb shoir siymosi asrlar osha avlodlar tomonidan yodga olinadi, tarixi o‘rganiladi, g‘azallari kuyga solinib kuylanmoqda.

🔷TDTU Olmaliq filialida “Bobur Mirzo – ma’naviyat jasorat sohibi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Mazmunan boy tadbir davomida Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining ijodkor yoshlari tomonidan qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, g‘azallar ijro etildi, viktorina shartlari bajarildi.

🔷Tadbirga tashrif buyurgan “Dilrabo” ansambli badiiy rahbari Zafarbek Davlatyorov Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallariga bastalangan mumtoz qo‘shiqlarni filial jamoasi va talabalarga tuhfa etdi.

Scroll to Top